Newton Academy ning asosiy vazifasi bolani o'rganishga qiziqtirishdir. Aynan shu sababdan darslar o'yin tarzida faol olib boriladi. Bundan tashqari, test tugallangandan so'ng, bilim darajasiga ko'ra guruh tanlanadi, bu esa bolaga sog'lom raqobatni his qilish imkonini beradi. Bizga o'qituvchi har bir bolaga munosib e'tibor berishi muhim, shuning uchun guruhlarda 12 dan ortiq talaba o'qimaydi.